DT Ekotizimi maxfiylik siyosati

1. Kirish qismi

1.1. Mazkur maxfiylik siyosati “DT Ecosystema” MChJ tomonidan DT Ekotizimining barcha Foydalanuvchilari tomonidan olinadigan maxfiy ma’lumotlarning xavfsizligi va saqlanishini ta’minlash, shuningdek quyidagi “Ishlov berish maqsadlari” bo’limida batafsil tavsiflangan boshqa maqsadlarda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (keyingi o’rinlarda «Maxfiylik siyosati» deb yuritiladi).

1.2. Ushbu Maxfiylik siyosati Foydalanuvchi shartnomasi, Sotuvchilar va Xaridorlar bilan tuzilgan shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu hujjatlardan birini qabul qilish (ofertani qabul qilish) yoki imzolash orqali tegishli barcha Foydalanuvchilar Maxfiylik siyosati shartlariga muvofiq quyida Maxfiy ma’lumot sifatida tavsiflangan barcha ma’lumotlarga ishlov berishga so’zsiz roziligini bildiradi.

2. Asosiy tushunchalar

2.1. Maxfiy ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish – maxfiy ma’lumotlarga hisoblash tizimlari yordamida ishlov berish.

2.2. Maxfiy ma’lumotlarni blokirovka qilish – maxfiy ma’lumotlarga ishlov berishni vaqtincha to’xtatish (ishlov berish Maxfiy ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun zarur bo’lgan holatlar bundan mustasno).

2.3. DT Ecosystem kompaniyasi –“DT Ecosystem” MCHJ va uning affillangan shaxslari.

2.4. Maxfiy ma’lumotlarning axborot tizimi – ma’lumotlar bazalarida mavjud bo’lgan Maxfiy ma’lumotlar va ularga ishlov berishni ta’minlovchi axborot texnologiyalari va texnik vositalar to’plami.

2.5. Yuridik shaxs to’g’risidagi ma’lumotlar - elektron, qog’oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchilarga yozilgan har qanday ma’lumotlar, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, yuridik shaxslarning nomlari, aloqa ma’lumotlari (pochta manzillari, elektron manzillar, telefon raqamlari, xodimlari to’g’risidagi ma’lumotlar) va DT Ecosystem tomonidan Foydalanuvchilaridan olinadigan boshqa ma’lumotlar.

2.6. Tijorat siri - uchinchi shaxslarga noma’lum bo’lganligi sababli ilmiy-texnikaviy, texnologik, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiy va boshqa sohalarda tijorat qiymatiga ega bo’lgan ma’lumotlar.

2.7. Maxfiy ma’lumotlar – ro’yxatdan o’tish va DT ekotizimidan foydalanish jarayonida Foydalanuvchilardan DT Ekotizimi tomonidan olinadigan ma’lumotlar, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlar.

2.8. Sotuvchi va/yoki Xaridor - DT Ekotizimi orqali Xaridorga va/yoki Sotuvchiga masofaviy usuldan foydalangan holda tovarlarni sotish va/yoki xarid qilish bilan shug’ullanuvchi va DT Ekotizimida ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs.

2.9. Shaxsga doir ma’lumotlarni egasizlantirish — amalga oshirilishi natijasida qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanmasdan shaxsga doir ma’lumotlarning ma’lum bir Xaridor yoki boshqa shaxsga doir ma’lumotlar subyektiga qarashli ekanligini aniqlashni imkonsiz qiluvchi harakatlar.

2.10. Maxfiy ma’lumotlarga ishlov berish – avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan yoki foydalanmagan holda Maxfiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui, shu jumladan, Maxfiy ma’lumotlarni yig’ish, yozish, tizimlashtirish, to’plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), chiqarish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish), egasizlantisih, blokirovka qilish, o’chirish, yo’q qilish.

2.11. Shaxsga doir ma’lumotlar – elektron, qog’oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchilarga yozilgan, muayyan Yuridik va Jismoniy shaxsga tegishli yoki uning shaxsini aniqlash imkonini beradigan har qanday ma’lumot.

2.12. DT Ekotizimi Foydalanuvchisi – DT Ekotizimida o’z koroxnasi va/yoki kompaniyasini Raqamli transformatsiya qilish, avtomaltashtirish, tizimlashtirish, hamda Sotuvchining internet-do’konida Tovarga buyurtma rasmiylashtirish yo’li bilan Sotuvchidan masofadan turib Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) buyurtma berish yoki xomashiyoni sotib olib qayta ishlash maqsadida foydalanadigan yuridik shaxs.

2.13. Maxfiy ma’lumotlarni taqdim etish – Yuridik shaxs yoki Jismoniy shaxsga doir ma’lumotlarni ma’lum bir shaxsga yoki ma’lum doiradagi Yuridik shaxslarga oshkor qilishga qaratilgan harakatlar.

2.14. Maxfiy ma’lumotlarni tarqatish –Maxfiy ma’lumotlarni noaniq doiradagi shaxslarga oshkor etishga (Maxfiy ma’lumotlarni uzatishga) yoki cheklanmagan doiradagi shaxslarni Maxfiy ma’lumotlar bilan tanishtirishga qaratilgan harakatlar, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida Maxfiy ma’lumotlarni e’lon qilish, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida joylashtirish yoki boshqa har qanday yo’l bilan Maxfiy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini berish.

2.15. DT Ekotizimi – B2B sektoridagi Yuridik shaxs faoliyatini Raqamli transformatsiyasini amalga oshirish, avtomatlashtirish, tizimlashtirish, Xaridorlarga Sotuvchilardan tovarlarga buyurtma berish imkonini beruvchi EHM uchun Web-dasturlar va ma’lumotlar bazalari (jumladan, DT Ekotizimi mobil ilovasi).

2.16. Shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish – shaxsga doir ma’lumotlarni xorijiy davlat hududiga xorijiy davlat organiga, xorijiy jismoniy shaxsga yoki xorijiy yuridik shaxsga uzatish.

2.17. Maxfiy ma’lumotlarni yo’q qilish - Yuridik shaxsga doir ma’lumotlar axborot tizimida keyinchalik Yuridik shaxsga doir ma’lumotlar mazmunini tiklash imkoniyati bo’lmagan holda Yuridik shaxsga doir ma’lumotlarni qaytarib bo’lmaydigan tarzda yo’q qiladigan va (yoki) moddiy Yuridik shaxsga doir ma’lumotlar tashuvchilarini yo’q qiladigan har qanday harakatlar.

3. Tartibga solish predmeti

3.1. Ushbu Maxfiylik siyosati DT Ekotizimi va/yoki uning affillangan shaxslari, shu jumladan Foydalanuvchilar, Xaridorlar va Sotuvchilardan DT Ekotizimi bilan ishlash jarayonida, shuningdek Foydalanuchilar, Xaridorlar va Sotuvchilar tomonidan foydalanish maqsadlarida va/yoki natijasida Foydalanuvchilar, Xaridorlar va Sotuvchilar bilan tuzilgan har qanday kelishuv va shartnomalarning DT Ekotizimi tomonidan bajarilishi jarayonida olishi mumkin bo’lgan barcha Maxfiy ma’lumotlarga nisbatan amal qiladi.

4. Ma’lumotlarga kim ishlov beradi

4.1. Kompaniya tomonidan har bir Foydalanuvchi, Sotuvchi va Xaridorga nisbatan olingan Maxfiy ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy ko’chasi, 6 uy manzili bo’yicha ro’yxatdan o’tgan Kompaniya - «DT Ecosystem» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yoki uning affillangan shaxslari tomonidan yig’iladi, ishlov beriladi, saqlanadi va foydalaniladi.

5. DT Ekotizimi tomonidan qanday ma’lumotlarga ishlov beriladi

5.1. DT Ekotizimi tomonidan Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlarga nisbatan ishlov beriladigan Maxfiy ma’lumotlar Foydalanuvchi, Sotuvchi yoki Xaridorning “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimi bilan qanday ishlashiga va Xaridor yoki Sotuvchining “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimiga kirish uchun shaxsiy kabinetdan foydalanishi yoki foydalanmasligiga qarab farq qilishi mumkin.

5.2. DT Ekotizimi zarur holatlarda quyidagi toifadagi maʼlumotlarni toʻplaydi va ularga ishlov beradi:

  • - Yuridik shaxslar va ularning vakillari to’g’risidagi ma’lumotlar
  • - Yuridik shaxs xodimlari to’g’risidagi ma’lumotlar
  • - Yuridik shaxs maxsulotlari tog’risidagi ma’lumotlar
  • - Tijorat siri
  • - Texnik ma’lumotlar
  • - Nou-xau
  • - Shaxsga doir ma’lumotlar
  • - Uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin bo’lmagan boshqa ma’lumotlar.

5.3. DT Ekotizimi quyidagi ma’lumotlarni oladi:

5.3.1. Foydalanuvchilar, Xaridorlar va Sotuvchilardan olinadigan Maxfiy ma’lumotlar:

5.3.1.1. DT Ekotizimi’da roʻyxatdan oʻtish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar:

  • - Yuridik shaxsning nomi
  • - STIR
  • - OKED
  • - JShShIR
  • - Bank rekvizitlari
  • - Yuridik va pochta manzillari
  • - Aloqa ma’lumotlari

5.3.1.2. DT Ekotizimi’da tahrirlash boʻlimidan foydalanish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar:

  • - Yuridik shaxslar xodimlarining ma’lumotlari
  • - Ism
  • - Familiya
  • - Jins
  • - Tug’ilgan sana
  • - Lavozimi va ish faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar
  • - Yaqin qarindoshlari tog’risidagi ma’lumotlar
  • - Yaqin qarindoshlari tog’risidagi ma’lumotlar
  • - Foydalanuvchi ularning tovarlari va (yoki) xizmatlarini xarid qilganligi haqidagi ma’lumotlar
  • - Tovarlarni yetkazib berish manzili
  • - Yuridik shaxs omborxonalari to’g’risidagi ma’lumotlari
  • - Omborxona manzili va Lokatsiyasi

5.3.1.3. DT Ekotizimi ilovasi bilan ishlashda avtomatik tarzda uzatiladigan maʼlumotlar:

  • - Buyurtma statuslari
  • - Buyurtma tarkibi
  • - Buyurtma shartnomasi ma’lumoatlari
  • - Yuridik shaxs Moliyaviy xisobotlari
  • - IP manzil va cookies fayllari
  • - Saytda bajarilgan harakat turi (klik, kursorni mo’ljalga olib borish va hokazo)
  • - Amal bajarilgan sana va vaqt
  • - Sahifaning URL manzili
  • - Sahifaga tashriflar soni
  • - Sayt sahifalari bo’ylab harakatlanish haqida ma’lumot
  • - Foydalanuvchi sessiyasining davomiyligi
  • - Kirish nuqtalari (foydalanuvchi Saytga havola orqali o’tadigan begona saytlar)
  • - Chiqish nuqtalari (Saytdan foydalanuvchi begona saytlarga o’tadigan havolalar)
  • - Mamlakat
  • - Hudud
  • - Provayder
  • - Foydalanuvchi brauzeri
  • - Qurilmada qo’llab-quvvatlanadigan tillar ro’yxati
  • - Operatsion tizim turi
  • - Ekran parametrlari

5.3.2 Foydalanuvchi shartnomasi, Sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun DT Ekotizimi tomonidan so’raladigan boshqa ma’lumotlar.

5.4. Siyosatning belgilangan qoidalari Maxfiy ma’lumotlarni transchegaraviy uzatishni ham o’z ichiga oladi. Maxfiy ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish shaxsga doir ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini yetarli darajada himoya qilishni ta’minlaydigan xorijiy davlatlar hududiga amalga oshiriladi.

5.5. DT Ekotizimi shuningdek, maxfiy ma’lumotlarga egasizlantirilgan tarzda ishlov berishni amalga oshiradi.

5.6. DT Ekotizimi taqdim etilgan Maxfiy ma’lumotlarni tekshirmaydi, Foydalanuvchi shartnomasida, Sotuvchi bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, va uning haqiqiyligini, shuningdek, Yuridik shaxsning Maxfiy ma’lumotlarni taqdim etish uchun yetarli huquqiy layoqatga ega yoki ega emasligini, Yuridik shaxslar xodimlarining shaxsga doir ma’lumotlarni uzatish uchun tegishli roziliklar olingan yoki olinmaganligini baholay olmaydi. DT Ekotizimi Xaridor ishonchli va yetarli Maxfiy ma’lumotlarni taqdim etishiga, shuningdek, ularni o’z vaqtida yangilashi hamda Sotuvchilar o’z xodimlarining shaxsga doir ma’lumotlarini uzatish uchun barcha zarur roziliklarni olganligiga asoslanadi.

5.7. DT Ekotizimi Maxfiy ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida ularing himoya qilinishini ta’minlashga intiladi. DT Ekotizimi ushbu veb-saytga muntazam tashrif buyurishingizni tavsiya qiladi, chunki ushbu Maxfiylik siyosati amaldagi qonunchilikka kiritilgan o’zgartirishlar yoki bizning ichki jarayonlarimizdagi o’zgarishlarga muvofiq yangilanishi mumkin.

5.8. Shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi deganda shaxsga doir ma’lumotlardan noqonuniy ravishda va/yoki ruxsatsiz foydalanishdan, shaxsga doir ma’lumotlarni yo’q qilishdan, o’zgartirishdan, blokirovka qilishdan, nusxalashdan, taqdim etishdan, tarqatishdan, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan boshqa noqonuniy harakatlardan himoyalangan muhitni ta’minlash nazarda tutiladi.

5.9. Foydalanuvchi, Sotuvchi va Xaridor o’z ixtiyori bilan Maxfiy ma’lumotlarni taqdim etadi. Bunda, har qanday Maxfiy ma’lumotni taqdim etmaslik yoki Maxfiy ma’lumotlarga ishlov berishga rozilikni qaytarib olish “DT Ecosystem” MCHJ DT Ekotizimidan foydalana olmaslikka olib kelishi mumkin.

6. Ishlov berishdan maqsad

6.1. Maxfiy ma’lumotlarga ishlov berish:

  • - Foydalanuvchilar, Sotuvchilar, Xaridorlar va DT Ekotizimi o’rtasidagi shartnomalar, shu jumladan Foydalanuvchi shartnomasi, Sotuvchilarva Xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarish
  • - “DT Ecosystem” Mchj “DT Ekotizimi” faoliyatini ta’minlash va takomillashtirish
  • - “DT Ecosystem”MCHJ huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, agar bunday ishlov berish “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimi Foydalanuvchilari, Sotuvchilari va Xaridorlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy ta’sir ko’rsatmasa
  • - O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan me’yorlarga rioya qilish uchun zarur

6.2. DT Ekotizimi Maxfiy ma’lumotlarga quyidagi maqsadlarda ishlov beradi:

  • - “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimidan foydalanish imkoniyatini berish
  • - Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlarning shaxsiy kabinetiga kirishni ta’minlash
  • - “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimida tovarlarni xarid qilish uchun buyurtmalarga ishlov berish va rasmiylashtirish
  • - “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimidan foydalangan holda to’lovlarni qabul qilishni, buyurtmalar uchun to’lovlarni amalga oshirishni tashkil etish
  • - Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlar bilan muloqot qilish, DT Ekotizimi faoliyatiga oid xabarnomalar, so’rovlar va boshqa ma’lumotlarni yuborish
  • - Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlarning firibgarlik harakatlaridan himoya qilish
  • - Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda reklama-axborot materiallarini tarqatish hamda“DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimining marketing aksiyalarini o’tkazish
  • - “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimini doimiy ravishda takomillashtirish va yaxshilash
  • - “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimi foydalanuvchilarining xatti-harakatlarini o’rganish
  • - “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimining yangi funksionallari, modullari, utilitlari va takliflarini yaratish
  • - Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlarning huquqlarini himoya qilish
  • - Statistik ma’lumotlarni, katta ma’lumotlarni va boshqa tadqiqotlar haqida ma’lumotlarni yig’ish, ularga ishlov berish va taqdim etish

6.3. Qo’shimcha maqsadlar yuzaga kelganda yoki amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, DT Ekotizimi Maxfiy ma’lumotlarga ishlov berishga alohida rozilik so’rashi mumkin.

6.4. Ushbu Siyosat ushbu Siyosat kuchga kirishidan oldin ham, keyin ham olingan Maxfiy ma’lumotlarga nisbatan qo’llaniladi.

7. Maxfiy ma’lumotlarni to’plash, saqlash, uzatish va ularga boshqa tarzda ishlov berish tartibi

7.1. DT Ekotizimi tomonidan ishlov beriladigan Maxfiy ma’lumotlarning xavfsizligi shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari talablariga to’liq rioya qilish uchun zarur bo’lgan huquqiy, tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi.

7.2. DT Ekotizimi Maxfiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi va vakolatsiz shaxslar tomonidan Maxfiy ma’lumotlarning foydalanilishini istisno qiluvchi barcha choralarni ko’radi. Maxfiy ma’lumotlar DT Ekotizimi xodimlari tomonidan zaruratga ko’ra ushbu Siyosatning 4-bo’limida ko’rsatilgan maqsadlarda foydalaniladi.

7.3. DT Ekotizimi Maxfiy ma’lumotlarni o’zining affillangan shaxslariga faqat ushbu Siyosatning 4-bo’limida ko’rsatilgan maqsadlar uchun taqdim etishi ham mumkin.

7.4. Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlarning Maxfiy ma’lumotlari hech qachon, hech qanday sharoitda uchinchi shaxslarga berilmaydi, amaldagi qonunchilikni amalga oshirish bilan bog’liq hollar va/yoki Maxfiy ma’lumotlarga DT Ekotizimi manfaatlarini ko’zlagan holda ishlov berish maqsadlari uchun bo’lgan hollar bundan mustasno.

7.5. Foydalanuvchi shartnomasi, Sotuvchilar va Xaridorlar o’rtasida tuzilgan shartnoma bo’yicha muayyan xizmatlarni ko’rsatish uchun DT Ekotizimi uchinchi shaxslarni jalb qilishi mumkin. Agar bunday shaxslarga Maxfiy ma’lumotlardan foydalanish zarur bo’lsa, DT Ekotizimi bunday foydalanish tegishli xizmatlarni taqdim etish uchun zarur bo’lgan darajada cheklanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bunday tashqi xizmat ko’rsatuvchilar barcha amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish qoidalariga mustaqil ravishda rioya qilishlari kerak. Bunday qabul qiluvchilar toifalariga quyidagi xizmatlar turlarini ko’rsatuvchilar kiradi: veb-tahlil, ma’lumotlarga ishlov berish, reklama, elektron pochta orqali ma’lumot tarqatish, to’lovlarga ishlov berish, buyurtmalarni bajarish va hokazo.

7.6. DT Ekotizimi tomonidan Maxfiy ma’lumotlarni saqlash muddati uni to’plash va unga ishlov berishdan yoki O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishdan bo’lgan maqsadga erishish sanasi bilan belgilanadi.

7.7. Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlardan olingan barcha Maxfiy maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanadi.

7.8. Maxfiy ma’lumotlarga ishlov berish ham avtomatlashtirilgan vositalardan foydalangan holda, ham avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan amalga oshiriladi.

8. Shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish

8.1. DT Ekotizimi ushbu Siyosat shartlariga muvofiq va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatishni amalga oshirishga haqli.

9. Maxfiy ma’lumotlar egasining huquqlari

9.1. Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlarning huquqlari:

  • - “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimidagi Shaxsiy kabinetida o’zi va o’zining xodimlari haqidagi Maxfiy ma’lumotlarga mustaqil ravishda o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritish
  • - “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimidagi Shaxsiy kabinetida ko’rsatilgan o’zi haqidagi Maxfiy ma’lumotlarni o’chirib tashlash. Shaxsiy kabineti va/yoki Maxfiy ma’lumotlarni o’chirish “DT Ecosystem”MCHJ DT Ekotizimidan foydalana olmaslikka olib kelishi mumkin
  • - So’rov bo’yicha DT Ekotizimidan o’zining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga oid ma’lumotlarni olish
  • - DT Ekotizimida o’zining Maxfiy ma’lumotlari mavjudligi va uning hajmi to’g’risida xabardor bo’lish
  • - DT Ekotizimidan o’zining Maxfiy ma’lumotlaridan foydalana olish imkoniyatini berish shartlari to’g’risida ma’lumot olish
  • - O’zining Maxfiy ma’lumotlariga ishlov berishga roziligini qaytarib olish, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
  • - Maʼlumotlari toʻliq boʻlmagan, eskirgan, notoʻgʻri, noqonuniy ravishda olingan yoki ishlov berish maqsadlari uchun zarur boʻlmagan hollarda DT Ekotizimidan o’ziga doir maʼlumotlariga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatishni talab qilish
  • - O’ziga doir ma’lumotlariga nisbatan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat etish

10. Yakuniy qoidalar

10.1. Ushbu Siyosat, Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlar o’rtasidagi ushbu Siyosatni qo’llash bilan bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlar, shuningdek, ushbu Siyosat bilan tartibga solinmagan masalalar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

10.2. Foydalanuvchi oʻzining Maxfiy maʼlumotlariga ishlov berish bilan bogʻliq barcha savollar boʻyicha har qanday tushuntirishlarni DT Ekotizimi Call Center-iga yoki xizmat ko’rsatish kanallari(Telegram, e-mail, va h.k)ga murojaat qilib olishi mumkin.

10.3. Maxfiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish fakti aniqlangan taqdirda, ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanilgan Maxfiy ma’lumotlar subyekti DT Ekotizimiga bunday Maxfiy ma’lumotlarni o’chirish to’g’risida yozma ariza yuboradi. Arizada Maxfiy ma’lumotlar subyektining egasini tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari, noqonuniy foydalanilgan Maxfiy ma’lumotlarning tarkibi, Maxfiy ma’lumotlardan qayerda va qanday hollarda noqonuniy foydalanilganligi tavsifi ko’rsatilishi kerak.

10.4. Ro'yxatdan o'tishda har bir Foydalanuvchi/Sotuvchi/Xaridor DT Ekotizimi xizmatidan, saytdan foydalanishda foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontent siyosatiga rozi bo'ladi (https://https://dt.uz/oferta) www.dt.uz va DT Ekotizimi mobil ilovasi.

10.5. DT Ekotizimi ushbu Siyosatga Foydalanuvchilar, Sotuvchilar va Xaridorlarning roziligisiz o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

10.6. Ushbu hujjatda DT Ekotizimi tomonidan Siyosatga kiritiladigan har qanday o’zgarishlar aks ettiriladi. Siyosat uning yangi tahriri bilan almashtirilgunga qadar muddatsiz amal qiladi.

10.7. Siyosatning ochiq foydalanishdagi amaldagi tahriri Internetda (https://dt.uz/privacy-policy) manzilida joylashtirilgan.